Eron g`arbida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Evropa-O`rta Er dengizi seysmologik markazi ma`lum qildi.
Er silkinishlarining epimarkazi aholisi 38,8 ming kishiga yaqin bo`lgan Ramhormoz shahridan 22 km janubi-g`arbda joylashgan. Zilzila manbasi 10 km chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.
Shuningdek, Afg`onistonning g`arbiy qismida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Favqulodda holat oqibatida ikki kishi halok bo`lgani, yana 100 dan ortiq odam jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.
AQSh Geologik xizmati ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat hududida bugunning o`zida 3 ta kuchli zilzila sodir bo`lgan, so`nggi zilzila epimarkazi Hirot shahridan taxminan 34 kilometr uzoqda joylashgan.
Hirot viloyatidagi favqulodda yordam guruhi rahbari Muhammad Zohir Nurzayning aytishicha, ikki kishi vafot etgan va 100 dan ortiq odam jarohat olgan. Uning qo`shimcha qilishicha, qurbonlar soni ko`payishi mumkin, chunki qutqaruvchilar hali zararlangan hududlarning barchasiga etib borishga ulgurmagan.






