1

O`rtoqlik uchrashuvi: O`zbekiston Xitoy ustidan g`alabaga erishdi

Sport 16.10.2023, 19:01
O`rtoqlik uchrashuvi: O`zbekiston Xitoy ustidan g`alabaga erishdi

FIFA kunlari doirasida Dalyanda Xitoy va O`zbekiston milliy terma jamoasi o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Xitoy ustidan g`alabaga erishdi.

Dastlab hisob 41-daqiqada mezbonlar vakili Shixao tomonidan ochildi – 1:0.

Ikkinchi bo`limda Srechko Katanets shogirdlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`lishdi. 78-daqiqada ketma-ket hujumlardan keyin Abbosbek Fayzullaevga nisbatan ishlatilgan qo`pollik penalti bilan yakunlandi. Otabek Shukurovning 11 metrlik jarima zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to`pni esa Otabekning o`zi darvozaga kiritdi – 1:1.

Shuningdek, o`yinning 86-daqiqasida Jamshid Iskanderov O`zbekistonga g`alaba keltirgan gol muallifiga aylandi – 2:1.

Shu tariqa, milliy jamoamiz Xitoydagi yig`indan ikki g`alaba bilan qaytishdi. Dastlab Vietnam, ikkinchi bahsda esa Xitoy mag`lub etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1