Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin ma`lum qildi. Buhaqda RIA Novosti yozmoqda.
Xitoy “Bir makon, bir yo`l” tashabbusi loyihalarini birgalikda qurishni qo`llab-quvvatlash uchun “Ipak yo`li” jamg`armasiga 80 milliard yuan (10,9 milliard dollar) qo`shadi.
“Xitoy taraqqiyot banki va Xitoy eksport-import bankining har biri 350 milliard yuan (47,8 milliard dollar) miqdorida moliyalashtirish oynasini ochadi va “Bir makon, bir yo`l” tashabbusi loyihalarini birgalikda qurishni qo`llab-quvvatlash uchun Ipak yo`li jamg`armasiga 80 milliard yuan (10,9 milliard dollar) yangi mablag`lar kiritiladi”, — dedi Xitoy etkachisi.
Shuningdek, u “Bir makon, bir yo`l” oliy darajadagi forumi doirasida biznes-forum o`tkazilgani, uning natijasida 97,2 milliard dollarlik hamkorlik kelishuvlariga erishilganini qo`shimcha qildi.






