Isroil G`azo sektoridagi shifoxonaga raketa zarbasini bergani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.
"G`azo sektoridagi "Al-Ahli" kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik. Bu dahshatli zo`ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo`pol buzilishi deb hisoblaymiz" - deyiladi bayonotda.
O`zbekiston TIV Vafot etganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to`xtatishga hamda o`t ochishdan tiyilishga chaqirdi.






