Yaponiya aviakompaniyasi sumo kurashchilari tufayli Tokiodan Osima oroliga qo`shimcha reys tashkil qildi, deya yozmoqda Zamon.uz.
Gap shundaki, sumo festivaliga yo`l olgan kurashchilar Tokio va Osakadan Oshimga ikkita reysda joy band qilgan edi. Har bir sportchining vazni taxminan 120 kg, og`irlik cheklovlari tufayli ikkala samolyot ham haddan ortiq yuklanishda parvoz qilolmaydi.
Natijada yo`lovchilarni manziliga etkazish maqsadida Tokiodan qo`shimcha reysni jadvalga kiritishga to`g`ri kelgan.






