Qo`shma Shtatlar Isroilning G`azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga uyushtirilgan hujumga aloqasi yo`q deb hisoblaydi, dedi chorshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga.
"Men ko`rganimga ko`ra, buni siz emas, boshqalar qilganga o`xshaydi", - degan Bayden. Shu bilan birga, prezident, ko`pchilik portlashga nima sabab bo`lganini hali ham aniq bilmasligini ta`kidladi.
HAMASga ko`ra, G`azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasi raketa hujumiga uchragan va kamida 800 tinch aholi halok bo`lgan. Isroil mudofaa kuchlari shifoxonaga qilingan hujumga aloqasi yo`qligini va portlash “Islomiy jihod” harakatining muvaffaqiyasiz raketa uchirilishi tufayli sodir bo`lgan deb hisoblamoqda.
7 oktyabr kuni G`azoda joylashgan HAMAS radikal guruhi Isroil janubiga qonli hujum uyushtirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari HAMASga qarshi harbiy operasiya boshladi.






