AsosiyDunyo

Jazoirlik futbolchi Falastinni qo`llab-quvvatlagani uchun Fransiya klubidagi o`yin va mashg`ulotlardan chetlatildi

'Jazoirlik futbolchi Falastinni qo`llab-quvvatlagani uchun Fransiya klubidagi o`yin va mashg`ulotlardan chetlatildi'ning rasmi

Fransiyaning “Nissa” klubida o`ynovchi jazoirlik futbolchi Yusuf Atal ijtimoiy tarmoqda Falastinni qo`llab-quvvatlovchi post qoldirgani uchun Fransiya klubidagi o`yin va mashg`ulotlardan chetlatildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 27 yoshli himoyachi Instagram'ga Falastinni qo`llab-quvvatlovchi videoni joylagan, biroq futbolchi keyinchalik bu postni o`chirib tashlagan. Biroz avval Atal ijtimoiy tarmoqqa Jazoir terma jamoasi futbolkasi va Falastin bayrog`i rangidagi sharf taqib tushgan suratlarini ham joylagan. Keyinroq futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi postlari uchun uzr so`ragan.

“Nissa” futbolchi o`z postini tezda o`chirib tashlab, xatosini tan olganini tasdiqlaydi. Futbolchi omma oldida uzr so`radi. Biroq u chiqargan postni mohiyati va jiddiyligini inobatga olib, klub himoyachiga nisbatan zudlik bilan intizomiy choralar ko`rishga qaror qildi. Shu munosabat bilan klub Yussef Atalni keyingi ogohlantirishgacha o`yinlardan chetlatadi”, deyiladi jamoa bayonotida.

    Boshqa yangiliklar