Qozog`iston hukumati 2023-2029 yillarda davlat tilini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi, unga ko`ra qozoq tili davlat xizmatining asosiy ish tiliga aylanadi. Hujjat matni hukumat saytida e`lon qilindi, unga respublika bosh vaziri Alixon Smoilov imzo chekdi.
“Konsepsiyani amalga oshirish jarayonida davlat xizmatchilarini qozoq tilini bilish majburiyatini yuklovchi talablar ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, davlat tili davlat xizmatining asosiy ish tiliga aylanadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Konsepsiyada KAZTEST tizimi bo`yicha B2 darajasida qozoq tilini biladigan davlat xizmatchilari ulushi 2029 yilda 50 foizni (2023 yilda bu ulush 35 foizni tashkil etadi) tashkil etishi kerakligi qayd etilgan.
Davlat organlari va milliy kompaniyalarda davlat tilida hujjat aylanishi ulushini 2029 yilda 94 foizga (2023 yilda - 91 foiz) oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qozog`iston hukumati 2029 yilda davlat tilida so`zlashuvchi aholi ulushini 84 foizga (2023 yilda – 81 foiz), o`sha yilga kelib qozoq tilidagi teledasturlar ulushini 84 foizga (2023 yilda) etkazmoqchi. Respublikada va xorijda o`tkaziladigan xalqaro tadbirlarda qozoq tilidan foydalanish ulushi esa 75% gacha (2023 yilda - 52%) belgilanmoqda.
Bunga erishish uchun kattalar uchun qozoq, rus va ingliz tillarida kurslar tashkil etish, bolalar, o`smirlar va yoshlar uchun davlat tilida o`yinlar ko`rinishidagi ta`lim dasturlarini ishlab chiqish, ularning ulushini oshirishga qaratilgan uslubiy seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Qozog`iston Konstitusiyasining 7-moddasida qozoq tili davlat tili hisoblanadi.






