AsosiyDunyo

Isroil — G`azo urushi oqibatida 20 dan ortiq jurnalist halok bo`ldi

'Isroil — G`azo urushi oqibatida 20 dan ortiq jurnalist halok bo`ldi'ning rasmi

Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasi xalqaro NNTning ma`lum qilishicha, Isroil — HAMAS urushida kamida 21 nafar jurnalist halok bo`ldi. Bu haqda zamon.uz yozdi.

Shuningdek, yana 8 nafar jurnalist yaralangan, 3 nafari bedarak yo`qolgan (hibsga olingan bo`lishi ham mumkin).

“O`lganlarning 17 nafari falastinlik, 3 nafari isroillik va 1 nafari livanlik”, — deyiladi tashkilot xabarida.

Ta`kidlanicha, raqamlar yakuniy emas va ommaviy axborot vositalari xodimlari qurbonlari ko`proq bo`lishi mumkin.

Avvalroq Falastin Jurnalistlar uyushmasi 11 nafar OAV xodimi halok bo`lgani va 20 ga yaqin jurnalistning uyiga hujum qilinganini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar