Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida bo`lib o`tgan nufuzli "Qatar Masters Chess-2023" chempionati finalida 2 nafar o`zbek grossmeysteri — Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboev bellashdi.
Nodirbek Yoqubboev tay-brek bahsida Nodirbek Abdusattorovni 2-0 hisobida mag`lub etdi. Shu tariqa, umumiy ro`yxatda reyting bo`yicha 19-o`rinda bo`lgan hamyurtimiz yakunda nufuzli musobaqa g`olibiga aylandi.
Dunyoning TOP-10 shaxmatchilari qatnashgan nufuzli turnirda chempion ham, 2-o`rin egasi ham o`zbek shaxmatchisiga nasib qilgani juda faxrli.
Ushbu turnirda Javohir Sindorov 6,5 ochko bilan 4-o`rinni egalladi.






