Rossiyaning Il-76 transport samolyoti Tojikistondagi Hisor aerodromida uchish chog`ida yonib ketdi, deya yozmoqda "zamon.uz".
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, samolyot dvigatellaridan birida yong`in yuz bergan.
Uchoq ko`tarila olmasdan uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketgan va to`liq yonib ketgan. Ekipajga zarar etmagan.