1

Sun`iy intellekt yordamida bemorlardagi og`riq darajasi aniqlanadi

Salomatlik 22.10.2023, 11:38
Sun`iy intellekt yordamida bemorlardagi og`riq darajasi aniqlanadi

AQShning Kaliforniya universiteti olimlari sun`iy intellekt yordamida bemorlarda og`riq darajasini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi texnologiya jarrohlik operasiyalari sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Innovasion tizim sun`iy idrokning ikki farqli funksiyasiga tayanadi. Birinchisi — kameralar yordamida bemorning yuz va tana harakatlarini vizual tarzda kuzatish ikonini beradi. Ikkinchisi — og`riqni baholash uchun olingan ma`lumotlarni tahlil qiladi.

Buning uchun tadqiqotlar chog`ida “aqlli texnologiya” modeliga insonlar yuz ifodasi aks etgan 143 ming 293 ta tasvir kiritildi. Ana shu jarayonda har bir yuz ifodasiga ko`ra, bemor qanday va qay daraja og`riq his qilayotgani sharhi ham tizimga yuklandi.

Ishlab chiqilgan mazkur algoritmdan foydalanib, sun`iy intellekt haqiqiy insonlar boshdan kechiradigan og`riq darajasini 88 foiz aniqlik bilan baholashga muvaffaq bo`ldi.

 Hozir yangi texnologiya qo`shimcha sinovdan o`tkazilyapti. Tadqiqotchilar fikricha, kelgusida shifoxonalar palatalariga ushbu texnologiyani o`rnatish orqali operasiyadan keyingi tibbiy yordam darajasini oshirish mumkin.

Qolaversa, yangi innovasion tizim shifokorlarga bemorni kuzatish uchun jarrohlik amaliyotidan chalg`imaslik imkonini beradi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1