AsosiySport

Bugun Chirchiqda og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston kubogi bahslari boshlandi

'Bugun Chirchiqda og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston kubogi bahslari boshlandi'ning rasmi

Bugun Chirchiqda og`ir atletika bo`yicha kattalar va yoshlar o`rtasida O`zbekiston kubogi bahslari boshlandi.

29-oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin sportchi g`oliblik uchun bellashadi.

Bu yilgi kubok bahslarining ishtirokchilari ro`yxatida Ruslan Nurudinov, Rustam Jangabaev, Doston Yoqubov, Sarvar Zafarjonov, Sunnatilla O`sarov, Qurbonmurod Namozov, Nigora Abdullaeva, Tursunoy Jabborova kabi terma jamoa etakchilarining nomlarini uchratish mumkin.

Mazkur turnir murabbiylar shtabi uchun asosiy terma jamoaga nomzod zaxira tarkibini ko`zdan kechirib olish, viloyatlardagi iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish imkonini taqdim etadi.

    Boshqa yangiliklar