AsosiyDunyo

Bayden: HAMAS hujumlari Isroilning Saudiya Arabistoni bilan aloqalarini buzishga qaratilgan

'Bayden: HAMAS hujumlari Isroilning Saudiya Arabistoni bilan aloqalarini buzishga qaratilgan'ning rasmi

Falastinning HAMAS harakatining hujumlari Isroil va Saudiya Arabistoni munosabatlariga putur etkazish maqsadida uyushtirilgan.Bu fikrni AQSh prezidenti Jo Bayden bildirgan.

“Ular mening saudiyaliklar bilan muzokara stoliga o`tirishimni bilishardi. Saudiyaliklar Isroilni tan olishni xohlashdi”, dedi Bayden mablag` yig`ish marosimida.

Uning so`zlariga ko`ra, HAMASning Isroilga hujum qilishi sabablaridan biri shundaki, u Isroil va Saudiya Arabistoni o`rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini buzishi kerak edi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon blokadadagi G`azo sektoriga Isroil hujumlarini to`xtatish zarurligini ma`lum qilgandi.

"Biz bugun G`azo sektorida zo`ravonlik kuchayib borayotganidan qayg`udamiz, buning uchun begunoh fuqarolar o`layapti", - dedi u.

Isroil va Saudiya Arabistoni o`rtasida diplomatik aloqalar yo`q. Biroq, AQSh ma`muriyati Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Marokash, Sudan va Isroil o`rtasida erishilgan kelishuvga o`xshash Ar-Riyod va Tel-Aviv o`rtasida vositachilik qilmoqda.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida XAMASga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 4100 dan ortiq falastinlik va 1400 isroillik halok bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar