Turkiya prezidenti ma`muriyatining G`azo sektori aholisi uchun insonparvarlik yordami bo`lgan samolyoti Misrga uchdi. Bu haqda Turkiya sog`liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy tarmoqda ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda "Anadolu".
Yuk tarkibida Falastin anklavi aholisi uchun dori-darmon va tibbiy buyumlar bor, dedi boshqarma rahbari.
Uning so`zlariga ko`ra, samolyot bortida 20 nafar mutaxassisdan iborat shifokorlar guruhi bor.
Samolyot Esenbog`a aeroportidan havoga ko`tarilgan.
Vazir, shuningdek, El-Arish aeroporti va Rafah nazorat-o`tkazish punktida turk dala kasalxonalarini yaratish bo`yicha texnik-iqtisodiy asoslashni o`tkazish rejalashtirilayotganini qo`shimcha qildi. Koja, ish Misr Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan qadamlar doirasida amalga oshirilishini ta`kidladi.





