AsosiySport

Xanchjou-2022: O`zbekiston Paraosiyo o`yinlarida ilk uchta oltin medalni qo`lga kiritdi

'Xanchjou-2022: O`zbekiston Paraosiyo o`yinlarida ilk uchta oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Bugun, 23 oktyabr kuni Xanchjou-2022 IV Para Osiyo o`yinlarinida o`zbekistonlik para atletlar 9 ta sport turi bo`yicha bahslarda ishtirok etadi. Dastlab Parakanoeda eshkak eshish bo`yicha ishtirok etgan vakillarimiz, uchta oltinni qo`lga kiritishdi.

Shahzoda Mamadalieva Parakanoeda eshkak eshish bo`yicha Paraosiyo o`yinlarida delegasiyamizga ilk oltin medalni taqdim etgan bo`lsa, Rustamova Iroda xuddi shu sport turida ikkinchi oltinga egalik qildi.  

Shuningdek, delegasiyamizning uchinchi oltin medali Para kanoe bo`yicha erkaklar o`rtasida VL2 klassida final bahslarida marraga birinchi etib kelgan Azizbek Abdulhabibov tomonidan qo`lga kiritildi.

 

    Boshqa yangiliklar