Xanchjou-2022. Para suzishning erkaklar o`rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan uch nafar sportchimizning barchasi shohsupaga ko`tarildi.
Muzaffar Tursunxo`jaev oltin, Islam Aslanov kumush va Kiril Pan`kov bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Shuningdek, Para Osiyo o`yinlarining para dzyudo bellashuvlarida ham sovrindorlar nomi aniqlanishni boshladi.
Ayollar o`rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz shoxsupaga ko`tarildi. Jumladan, Hosiyat Poziljonova kumush, Uljon Amrieva bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Para dzyudoda yana bir hamyurtimiz bronza medaliga egalik qildi, ya`ni J1 klassida ayollar o`rtasida -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Fotima Toirova yakunda bronza medaliga sazovor bo`ldi.
23.10.2023 17:46
Xanchjou-2022. Sportchilarimiz ketma-ket oltin, kumush hamda bronza medallarini qo`lga kiritmoqda
