AsosiySport

Para Osiyo o`yinlari: o`zbekistonlik sportchilar ikkinchi kunni 3 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan boshladi

'Para Osiyo o`yinlari: o`zbekistonlik sportchilar ikkinchi kunni 3 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan boshladi'ning rasmi

O`zbekistonlik sportchilar Para Osiyo o`yinlarining ikkinchi kunini ham muvaffaqiyatli boshlashdi.  

Dastlab para kanoe bo`yicha erkaklar o`rtasida  KL3 klassida Hasan Qo`ldashev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo`lib etib keldi va oltin medalni qo`lga kiritdi.

Ikkinchi oltin medalni esa para kanoe bo`yicha ayollar o`rtasida  KL3 klassida ishtirok etgan Shaxnoza Mirzaeva 50.680 soniya natija bilan marraga birinchi bo`lib etib keldi va O`zbekiston delegasiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo`shib qo`ydi.

Nozimaxon Qayumova para engil atletikaning ayollar o`rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etib, 43.36 metr natija bilan kumush medalni qo`lga kiritdi.

So`ng para engil atletikaning ayollar o`rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nataliya Semyonova 17.40 metr natija bilan kumush medalni qo`lga kiritdi.

Haytmurod Sherqo`ziev esa para kanoe bo`yicha erkaklar o`rtasida  VL3 klassida o`tkazilgan bahslarda 49.345 soniya natija bilan marraga birinchi bo`lib etib keldi va O`zbekiston delegasiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo`ydi.

Nurxon Qurbonova O`zbekiston delegasiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo`shib qo`ydi. Para engil atletikaning F54 klassida ayollar o`rtasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.34 metr natija bilan ikkinchi bo`ldi va kumush medalni qo`lga kiritdi.

Para engil atletikaning erkaklar o`rtasida T36 klassida  uzunlikka sakrash bahsida Izzat Turg`unov 5.55 metr natija bilan kumush medalni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar