G`azo sektoridagi falastinliklar suvchechak, qo`tir va diareya kabi yuqumli teri kasalliklaridan aziyat chekmoqda, deya ma`lum qildi BMT gumanitar idorasi. Bu haqda zamon.uz yozdi.
"Odamlar tuzi 3000 mg/l dan ortiq bo`lgan sho`r suvni qishloq xo`jaligi quduqlaridan iste`mol qilmoqda", — deyiladi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotida.
BMT ekspertlari bunday suv ichish vabo xavfini yanada oshirishi haqida ogohlantirmoqda.
"Agar suv va kanalizasiya inshootlari ishni davom ettirish uchun elektr yoki yoqilg`i bilan ta`minlanmasa, bunday kasalliklarga chalinganlar soni ko`payadi", — deya ishonch bildirmoqda mutaxassislar.
24.10.2023 15:43
G`azoda sanitariya sharoitlari yomonligi bilan bog`liq infeksiyalar ko`paymoqda






