O`zbekistonda bo`lib o`tayotgan ”Xitoy Madaniyati kunlari“ doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar chog`ida Xitoy bilan hamkorlikda zamonaviy va milliy cholg`u asboblarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yo`lga qo`yish va ”Farhod va shirin” dostoni asosida badiiy loyiha yaratishga kelishib olindi.
O`tgan yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida bo`lib o`tgan ShHT sammiti doirasida “O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o`rtasida 2022-2025 yillarga mo`ljallangan madaniy Almashinuv dasturi imzolangan edi.
Joriy yilning may oyida esa Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrining Pekin shahriga gastrol safari uyushtirildi. Kuni kecha poytaxtimizda «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san`ati» yili doirasida Xitoyning Shandun provinsiyasi va O`zbekistonning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tabiat manzaralari aks ettirilgan fotosuratlarni o`zida jamlagan ko`rgazma o`z ishini boshladi.
29.10.2023 13:34
O`zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda cholg`u asboblari ishlab chiqariladi
