AsosiyDunyo

Maxachqal`a aeroportida olomon Isroildan uchib kelgan samolyotning qo`nishiga qarshilik qilib, namoyish o`tkazdi (video)

'Maxachqal`a aeroportida olomon Isroildan uchib kelgan samolyotning qo`nishiga qarshilik qilib, namoyish o`tkazdi (video)'ning rasmi

Maxachqal`ada aholi Tel-Avivdan uchib kelgan samolyotga qarshi norzilik namoyishi o`tkazdi. Namoyishchilar uchish-qo`nish yo`lagiga bostirib kirib, yo`lovchilar orasidan Isroil fuqarolarini topishga uringan. 

Ma`lum bo`lishicha, Tel-Avivdan uchuvchi samolyot etib kelishidan oldin yuzlab odamlar Maxachqal`a aeroportiga to`planishgan. Odamlar aeroportdan chiqayotgan mashinalarni to`xtatib, isroilliklarni topish uchun yo`lovchilarning pasportlarini tekshirishgan.

Shundan so`ng, namoyishchildar aeroport binosiga bostirib kirib, shiorlar aytib baqirishgan. Hatto ula ular uchish-qo`nish yo`lagigacha chiqib ketishgan.

Dog`iston bo`yicha Tergov qo`mitasi ommaviy tartibsizliklar uyushtirish moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi.

Federal havo transporti agentligi xabariga ko`ra,hodisa ortidan aeroportni kelish va jo`nab ketish vaqtida reyslarga xizmat ko`rsatish uchun vaqtincha yopish to`g`risida qaror qabul qilindi. Maxachqal`aga qo`nishi kerak bo`lgan samolyotlar muqobil aerodromlarga yo`naltirilgan.

Dog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi Maxachqal`a aeroportidagi tartibsizliklar chog`ida 20 dan ortiq yaralanganini ma`lum qildi. Respublika kasalxonalari shifokorlari Maxachqal`a aeroportida yuz bergan hodisa oqibatida jabrlangan 10 nafarga tibbiy yordam ko`rsatmoqda. Ikki kishining ahvoli og`ir.

 

 

    Boshqa yangiliklar