1

TIV fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqishga yuzaki yondashmoqda — Senat

Siyosat 31.10.2023, 12:21
TIV fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqishga yuzaki yondashmoqda — Senat

2023 yil 30 oktyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasining majlisida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023 yilning birinchi yarmidagi faoliyati to`g`risidagi axboroti eshitildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Muhokama chog`ida senatorlar bir qator muammoli masala va omillarni tilga olib, ularning bartaraf etilishi vazirlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi. Xususan, tashqi siyosiy faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish zarurligi ta`kidlandi.

Shuningdek, senatorlar vazirlikning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini bugungi kun talabidan kelib chiqib, tubdan qayta ko`rib chiqish lozimligiga to`xtalib o`tdilar.

O`tkazilgan tahlillar natijalariga ko`ra 2023 yil 1 iyuliga holatiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan takroriy murojaatlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar oshgan. Fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqishga yuzaki yondashish holatlari uchrab turibdi.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis Senati qarorlarida belgilangan ayrim vazifalar o`z vaqtida va to`liq bajarilmagani masalasiga ham parlament a`zolari e`tibor qaratdilar.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi. Ochiq va konstruktiv muhokama natijalariga ko`ra Qo`mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1