Jalolobod shahrida xavfli virusli kasallik – qizamiq tarqalishi sababli ikkita maktab masofaviy ta`limga o`tkazildi, deya ma`lum qildi Qirg`iziston Respublikasi Ta`lim va fan vazirligi. Bu haqda Kazinform agentligi xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, bunday qaror epidemiya va epizootiyaga qarshi maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan.
“Shunday qilib, Q.Zokirov nomidagi 2-umumta`lim maktabi va A.Usmonova nomidagi 7-maktab o`quvchilari qizamiq kasalligi tarqalishi sababli masofaviy ta`limga ko`chirildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Jalolobod shahar ta`lim bo`limiga ushbu kasallikka qarshi emlashdan bosh tortgan yoki 063-son shakl bo`yicha bir martalik emlangan o`quvchilar soniga aniqlik kiritish, har bir maktab va bolalar bog`chasida tibbiy ko`rikdan o`tish va emlash uchun alohida xonalarni jihozlash topshirildi.






