1

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi

Sport 31.10.2023, 22:34
O`zbekiston futbol assosiasiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi

Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederasiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tmoqda.

 Ma`lum qilininishicha, O`zbekiston futbol assosiasiyasi “Yilning eng yaxshi futbol federasiyasi” nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan.  

Qayd etish joiz, o`tgan davr mobaynida O`zbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda o`zaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor  U-23 va  U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga a`zo assosiasiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda o`tkazildi. Qit`a miqiyosidagi turli saralash bahslari, klublar o`rtasidagi turnirlar, ayollar futboli,  CAFA musobaqalarida O`FA faollik ko`rsatdi. Ushbu say-harakarlar OFK tomonidan munosib e`tirof etildi.  

Mazkur nominasiyada Eron futbol federasiyasi va Yaponiya futbol assosiasiyasi nomzodlari ko`rsatilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1