AsosiyJamiyat

Rossiyadagi o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqiramiz - Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi

'Rossiyadagi o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqiramiz - Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiya Federasiyasi hududida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirmoqda. 

So`nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib berish haqidagi e`lonlar bo`yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan ma`lum bo`lmoqdaki, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki ta`qiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni etkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so`raymiz.

Eslatib o`tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko`ra, narkotik moddalarni sotish yoki etkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar