AsosiyJinoyat

Uychi tumanida 826,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

'Uychi tumanida 826,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi'ning rasmi

Uychi tumanida 826,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

O`tkazilgan tekshiruvda “N.Ch.” MChJ ishlab chiqarish korxonasi rahbari Yu.I., korxona elektrigi K.T. va boshqalar korxona ishlab chiqarish sexining 3 dona transformatorini almashtirib, elektr uskunalarini o`zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 826,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar