1

Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar rahbarlarini afg`on xalqiga yordam berishga chaqirdi

Siyosat 03.11.2023, 13:37
Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar rahbarlarini afg`on xalqiga yordam berishga chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Turkiy Davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishida afg`on xalqiga insonparvarlik yordami ko`rsatishni susaytirmaslikka, bu yurtdagi o`tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi.

“Bizga mintaqaviy sheriklik va barcha qo`shnilari bilan iqtisodiy hamkorlik jarayonlarida faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg`oniston kerak.

Afg`on xalqiga insonparvarlik yordami ko`rsatishni susaytirmaslik, bu yurtdagi o`tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqiramiz.

Bizga mintaqaviy sheriklik va barcha qo`shnilari bilan iqtisodiy hamkorlik jarayonlarida faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg`oniston kerak.

Biz ilgari surayotgan Transafg`on temir yo`lini barpo etish tashabbusi aynan mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.

O`zbekiston afg`on xalqiga bundan buyon ham zarur yordamni berib boradi. Termizdagi logistika xabi orqali gumanitar ko`mak ko`rsatishni, Ta`lim markazida esa afg`on fuqarolarini o`qitishni faol davom ettiramiz”, - dedi davlatimiz rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1