1

Ekspert: O`zbekiston iqtisodiyotiga Fransiya investisiyalarini jalb etishda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda

Siyosat 03.11.2023, 17:21
Ekspert: O`zbekiston iqtisodiyotiga Fransiya investisiyalarini jalb etishda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda

O`zbekiston bilan Fransiya o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ilgari hech qachon kuzatilmagan mutlaqo yangi sifat bosqichiga ko`tarildi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning yangi bosqichi, ayniqsa, energetika sohasidagi o`zaro faol hamkorlik bilan ajralib turadi.

O`zbekistonda Fransiya investisiyalari ishtirokida Samarqand viloyatida "Total Eren" kompaniyasi bilan 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Sirdaryo viloyatida uran qazib olishning istiqbolli yo`nalishlari bo`yicha qo`shma geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda, quvvati 1600 Mvt bo`lgan estrodiol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron davlatimizda 7 yildan buyon olib borilayotgan ochiq siyosatni e`tirof etgan holda,  bu siyosat – Markaziy Osiyo hududida tinchlikni ta`minlash va mintaqani barqarorlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish siyosati ekanligini ta`kidladi. Shu bilan birga, ushbu siyosatni qo`llab-quvvatlashini va uni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Samarqand shahrida bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Qo`shma bayonot qabul qildilar.

Hujjatda ikki davlatning o`zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko`tarish niyati qayd etilgan.

2017 yildan boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish bosqichma-bosqich kuchayib bormoqda. Xususiy mulkni himoya qilish ta`minlanmoqda. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda, xususiylashtirish dasturi amalga oshirilmoqda, iqtisodiyot sanoatlashtirilmoqda, bu qishloq xo`jaligida unumdorligi past mahsulot ishlab chiqarish ulushini kamaytirishga va sanoatda samaraliroq tarmoqlar ulushini oshirishga yordam beradi.

O`zbekiston iqtisodiyotiga Fransiya investisiyalarini jalb etishda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. So`nggi 6 yil ichida Fransiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3,5 baravar oshdi.

Bugungi kunda O`zbekistonda Fransiya kapitali ishtirokida 47 korxona, jumladan, 24 qo`shma korxona va 100 foiz Fransiya kapitali ishtirokida 23 korxona faoliyat ko`rsatmoqda.

Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) bilan qiymati 1 milliard evrodan ortiq bo`lgan loyihalarni moliyalashtirish to`g`risida bitim imzolandi.

O`zbekistondagi faol qo`shma loyihalarning joriy portfeli 11 milliard evrodan oshdi. Bunda, 2019 yilda qabul qilingan "Investisiyalar va investisiya faoliyati to`g`risida qonun"da xorijiy investorlar uchun keng imtiyozlar berilganganligini alohida ta`kidlash joiz.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahlili shuni ko`rsatadiki, O`zbekistonda islohotlar boshlanganidan keyingi so`nggi 6 yil ichida O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 33,2 foizga, ya`ni 257,2 million dollardan 342,5 million dollargacha o`sdi va 2022 yilda mamlakatlar o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2021 yilga nisbatan 22 foizga o`sib, 280,8 million dollardan 342,5 million dollargacha o`sdi, eksport 2023 yilning 9 oyida 21,3 million dollardan 70,8million dollargacha 3,3 baravar o`sdi, 2022 yilning shu davriga nisbatan O`zbekistonning Fransiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,8 baravar, 232,1million dollardan 658,8 million dollargacha, eksport esa 4,4 baravar, 69,4 million dollardan 307,6 million dollargacha o`sdi.

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar O`zbekiston iqtisodiyotining yanada ochiq va diversifikatsiyalanganligi, ichki bozorning sezilarli darajada o`sishi, Fransiya va O`zbekiston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatini sezilarli darajada kengaytirdi. Shuningdek, yuqori qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda, iqtisodiyotda xususiy sektor o`sib bormoqda va bu O`zbekistonni xorijiy hamkorlar uchun yanada jozibador qiladi.

Ilyos Rabbimov, 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi etakchi ilmiy xodimi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1