1

Ozodbek Nazarbekovga o`rinbosarlar tayinlandi

Siyosat 04.11.2023, 10:46
Ozodbek Nazarbekovga o`rinbosarlar tayinlandi

Madaniyat vazirligida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abduraxmanov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig`ilish o`tkazildi. Unda tashkiliy masala ko`rilib, jamoaga madaniyat vazirining yangi tayinlangan o`rinbosarlari tanishtirildi, deya xabar qilmoqda vaziolik matbuot xizmati.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Baxodir Madjidovich Axmedov madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 oktyabrdagi qaroriga asosan Avazxon Baxadirovich Tadjixanov madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investisiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho`basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1