1

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O`zbekistonga keladi

Siyosat 05.11.2023, 15:17
AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O`zbekistonga keladi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi. 

Unga ko`ra, Donald Lu boshchiligidagi delegasiya 4–11 noyabr kunlari Qozog`iston, O`zbekiston va Hindistonda bo`ladi. U sentyabrda BMT Bosh assambleyasi doirasida bo`lib o`tgan C5+1 prezidentlik sammiti va oktyabrda bo`lib o`tgan mintaqaviy aloqalar bo`yicha C5+1 vazirlar yig`ilishida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida boradi. Hindistonga esa AQSh—Hindiston 2+2 vazirlar muloqotini tayyorlash va qo`llab-quvvatlash uchun tashrif buyuradi.

Toshkentga tashrifi davomida AQSh va O`zbekiston o`rtasida strategik hamkorlik bo`yicha muloqot bo`lib o`tadi. Donald Lu O`zbekiston hukumati rahbarlari bilan uchrashib, AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1