Toshkent shahridagi Fransuz Alyansi binosida O`zbekiston va Fransiya oliy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik o`rnatish bo`yicha davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Rasmiy tashrif doirasida amalga oshirilayotgan mazkur anjuman davomida Fransiya va O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari o`rtasida davra suhbati, o`zaro muloqot, fikr almashish hamda taqdimotlar o`tkazish, bakalavrlar, magistrlar tayyorlash bo`yicha xalqaro akademik almashinuvlar olib borish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Shuningdek, anjumanda Fransiya elchixonasi,O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Erasmus+ta`limdasturi vakillarining nutqi tinglandi.
Aytish kerakki, Fransiya va O`zbekiston oliy ta`lim sohasidagi hamkorlikning dastlabki bosqichlarida Erasmus+ ta`lim dasturlarining faolligi katta ahamiyatga egadir.
Shuningdek, anjuman doirasida talabalar yarmarkasini o`tkazish ham rejalashtirilgan.
Ma`lumot o`rnida, ikki davlat o`rtasida turliyillarda imzolangan 27 shartnoma vamemorandumlar asosida respublikamizning 18 taoliy o`quv yurti bilan Fransiyaning 22 ta ta`limtashkiloti o`rtasida hamkorlik yo`lga qo`yilgan.Bugungi kunda O`zbekistonning 9 ta oliy ta`limmuassasasida fransuz tili asosiy til sifatidao`qitilayotgan bo`lsa, Respublika miqyosida ushbutilni birinchi va ikkinchi xorijiy til sifatida 15 mingdan ortiq talaba-yoshlar o`rganmoqda.






