1

“Tolibon” Shavkat Mirziyoevning Afg`oniston tinchligi bo`yicha nutqini olqishladi

Siyosat 06.11.2023, 12:34
“Tolibon” Shavkat Mirziyoevning Afg`oniston tinchligi bo`yicha nutqini olqishladi

“Tolibon” etakchilari Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi Afg`oniston bo`yicha nutqini olqishladi. Bu haqda “Tolibon” matbuot kotibi Zabiulloh Mujohid xabar berdi.

Mujohidning ta`kidlashicha, Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni o`rnatishda mintaqa davlatlari hamkorligi muhim ahamiyatga ega. U tinchlik va barqarorlik uchun qo`shni davlatlarning Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalari zarurligini aytdi.

“Mintaqa Afg`onistonga hozirgi barqarorlikda yordam berishi va hamkorlik qilishi, yaratilgan yoki o`ylab topilgan muammolarning oldini olishi kerak. Ikkinchidan, Afg`oniston Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalarni tiklashi kerak”, — dedi Mujohid.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1