AsosiySiyosat

Tatariston raisi Rustam Minnixonov Qoraqalpog`istonga keldi

'Tatariston raisi Rustam Minnixonov Qoraqalpog`istonga keldi'ning rasmi

Tatariston Raisi Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan O`zbekiston tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog`iston Respublikasiga keldi. Bu haqda Tatar-inform xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Rustam Minnixonovni Nukus shahri xalqaro aeroportida Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi Amanbay O`rinboev va Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanovlar kutib oldi.

Respublika rahbari boshchiligidagi Tatariston delegasiyasi qator korxonalarga tashrif buyuradi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston rahbariyati bilan ishchi uchrashuv bo`lib o`tadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar