1

Turkiya etakchiligida qurilayotgan Boku-Tbilisi-Gars temir yo`li muhokama etiladi

Siyosat 07.11.2023, 20:54
Turkiya etakchiligida qurilayotgan Boku-Tbilisi-Gars temir yo`li muhokama etiladi

Avval xabar qilinganidek, Turkiya Prezidenti Erdog`an Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining Rahbarlar sammiti uchrashuvi uchun O`zbekistonga keladi.

O`tgan hafta Qozog`istonda bo`lib o`tgan Turk davlatlari tashkiloti sammitida ishtirok etgan prezident Erdog`an O`zbekiston poytaxtida tashkil qilinadigan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari uchrashuvi uchun ertaga Toshkentga tashrif buyuradi. Tarixiy Ipak yo`li  jonlanishi, O`rta Kamar loyihasi va Zangazur masalalari rahbarlar kun tartibida ko`rib chiqiladi.  

 Prezident Rajap Tayyip Erdog`an Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining sammiti uchrashuvi uchun O`zbekistonga tashrif qiladi.  

O`tgan hafta Qozog`istonda tashkil etilgan Turk davlatlari tashkilotining uchrashuvida qatnashgan Prezident Erdog`an bu safar 8-9-noyabr kunlarida O`zbekistonning poytaxti Toshkentda bo`lib o`tadigan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga keladi.  

 Bu yilgi 16-sammit ikki kun davom etadi. Erdog`an idoralararo yig`ilishdan tashqari mamlakat liderlar bilan ham uchrashadi. Isroilning Falastinga qilayotgan hujumlarini to`xtatish, Falastinga zudlik bilan gumanitar yordam berish masalalari muhokama etiladigan masalalar orasida bo`ladi.  

Turkiyaning "Yangi Shafaq" xabariga ko`ra, liderlar sammit uchrashuvida a`zo o`lkalar o`rtasida tijorat, iqtisodiy va madaniy hamkorlikning inkishofi uchun qadamlar tashlanadi. ECOTA va Tijoratning Osonlashtirish Strategiyasi kabi mintaqaviy savdoni yaxshilash haqida ham muhokamalar bo`lib o`tadi.  

A`zo davlatlar orasida tijorat hajmini 100 milliard dollarga chiqarish uchun qadam qo`yiladi. Mintaqada transport infrastrukturasining inkishofi rahbarlar kundalik tartibida turgan masalalardan biridir. Zamonaviy Ipak yo`li jonlantirilishi bo`yicha hamkorliklar baholanadi.

Turkiya etakchiligidagi Sharq-G`arb Markaziy koridoriga chiqish va Boku-Tbilisi-Gars temir yo`lidagi o`zgarishlar ham muhokama etiladi.  

Safar chog`ida mintaqa bilan Turkiya orasida to`g`ridan to`g`ri yo`l aloqasini yaratadigan Zangazur yo`lidagi so`nggi yutuqlar ham baholanadi.  

Zangazur Turkiya bilan chegarada joylashgan, Ozarbayjonning anklav Naxchivon Muxtor Respublikasi bilan materik hissasini ajratgan 40 kilometrlik Armaniston hududidir (aslida, Ozarbayjonning tarixiy hududi). Ozarbayjon 44 kunlik Vatan urushi natijasida 30 yilga yaqin Armaniston tarafidan ishg`ol qilingan hududlarini ozod qildi va bu hududlarda suverenligini barpo etdi.  

Bundan keyin mintaqaning iqtisodiy, tranzit imkoniyatlarini orttirish, mintaqa davlatlarining inkishofini ta`minlamoq uchun Sharq va G`arbni birlashtirgan yirik iqtisodiyotni amalga oshirish kelishib olindi.  

Bu oyning so`nggiga qadar Turkiyada Zangazur koridori bilan bog`liq tenderlar tashkil etiladi. Turkiyaning Diluchi chegara chizig`idan Ig`dirgacha, Garsdan esa Boku-Tbilisigacha ham temir yo`l yotqiziladi.  

224 kilomertlik liniya tez orada qurib bitkaziladi. Temir yo`li transportida yo`llardan samarali foydalanish uchun Sharq-G`arb Trans-Kaspiy o`rta yo`lining strategik ahamiyati, xalqaro tijorat, geografik joylashuv va xavfsizlik nuqtayi nazaridan berilgan afzalliklar muhokama qilinadi. Yangi yo`nalishlar baholanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1