Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o`tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024 yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024) natijalarini e`lon qildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi oliygohlari “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” ro`yxatida O`zbekistonning 6ta hududidan 14 ta oliygoh yuqori o`rinlarda qayd etildi, bunda 6 ta oliygoh reytingdan ilk bor o`rin egalladi. Jumladan:
- Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti — 249-o`rin;
- O`zbekiston milliy universiteti — 301-350-o`rin;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 405-450-o`rin;
- Toshkent davlat texnika universiteti — 501-550-o`rin;
- Samarqand davlat universiteti — 601-650-o`rin;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 651-700-o`rin;
- Toshkent davlat agrar universiteti — 651-700-o`rin;
- Toshkent moliy instituti — 701-750-o`rin;
- Jizzax politexnika instituti — 751-800-o`rin;
- Namangan muhandislik-texnologiya instituti — 751-800-o`rin;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 751-800-o`rin;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 801+ o`rin
- Qoraqalpoq davlat universiteti — 801+ o`rin
- Farg`ona politexnika instituti — 801+ o`rinO`zbekiston milliy universiteti — 301-350-o`rin;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 405-450-o`rin;
- Toshkent davlat texnika universiteti — 501-550-o`rin;
- Samarqand davlat universiteti — 601-650-o`rin;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 651-700-o`rin;
- Toshkent davlat agrar universiteti — 651-700-o`rin;
- Toshkent moliy instituti — 701-750-o`rin;
- Jizzax politexnika instituti — 751-800-o`rin;
- Namangan muhandislik-texnologiya instituti — 751-800-o`rin;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 751-800-o`rin;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 801+ o`rin
- Qoraqalpoq davlat universiteti — 801+ o`rin
- Farg`ona politexnika instituti — 801+ o`rin
Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta`lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo`yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.
Bunda O`zbekistonning 3-taO`zMU, «TIQXMMI» MTU, TDIU oliygohlari “Akademik reputasiya” indikatori bo`yicha «TOP-200» oliygohlar qatoridan o`rin egalladi. O`zMU “Akademik reputasiya” bo`yicha nisbatan etakchi bo`lib, 135-o`rinda qayd etildi. Mazkur indikator bo`yicha 7ta OTM o`z o`rnini yaxshilashga erishgan. “Ish beruvchilar o`rtasidagi reputasiya” indikatori bo`yicha «TIQXMMI» MTU 208-o`rin, “Professor-o`qituvchilar va talabalar nisbati” indikatori bo`yicha 124-o`rinni egalladi.
O`zMU respublikada xalqaro ilmiy kollaborasiyalar bilan hamkorlik bo`yicha nisbatan faol OTM sifatida qayd qilingan bo`lib, “Xalqaro ilmiy kollaborasiyalar indeksi” indikatori bo`yicha 578-o`rinni egalladi. Shuningdek, «TIQXMMI» MTU “Ilmiy darajaga ega bo`lgan professor-o`qituvchilar ulushi” indikatori bo`yicha respublika OTMlari orasida etakchi bo`lib, 376-o`rinni egalladi. O`zMU “Xorijiy professor-o`qituvchilar ulushi” bo`yicha mintaqaviy reytingda yuqori natijani qayd qilgan bo`lsa (90-o`rin), TDIU “Xorijiy talabalar ulushi” bo`yicha mintaqaviy reytingda 130-o`rinda qayd qilindi.