1

"Yangi o`sish nuqtalari”ni birgalikda izlab topish orqali kelgusida salmoqli natijalarga erishamiz"

Siyosat 09.11.2023, 12:20
"Yangi o`sish nuqtalari”ni birgalikda izlab topish orqali kelgusida salmoqli natijalarga erishamiz"

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o`n oltinchi sammitida nutq so`zladi. Davlatimiz rahbari o`z nutqida O`zbekistonning iqtisodiy islohotlari va tashkilot birdamligi haqida gapirdi. 

"So`nggi yillarda O`zbekistonda ortga qaytmas islohotlar jadal amalga oshirilayotganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. Biz iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yanada yuksaltirishga asosiy e`tiborni qaratyapmiz.

Yangi O`zbekistonda so`nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim barobar ko`paydi. 2030 yilga qadar ushbu iqtisodiy ko`rsatkichni yana ikki barobarga oshirishni mo`ljallayapmiz. Bunga, avvalo, “yashil” iqtisodiyot va zamonaviy infratuzilmani barpo etish, xususiy sektorni rag`batlantirish va yangi ish o`rinlari yaratish, xorijiy investisiyalarni faol jalb etish hisobidan erishish ko`zda tutilmoqda",–dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari xalqaro maydonda o`z ovozi va nufuziga ega Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining barcha a`zolari bilan samarali ishlashga tayyorligini bildirdi

"Yaqin va yaxshi qo`shni bo`lgan mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari bir-birini to`ldira oladi. Umumiy savdo-transport koridorlari va energetika tarmoqlari esa davlatlarimizni uzviy bog`laydi. Biz yangi “o`sish nuqtalari”ni birgalikda izlab topish orqali kelgusida salmoqli natijalarga albatta erishamiz",–dedi sammitga raislik qilayotgan Shavkat Mirziyoev. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1