El Nino dunyo qishloq xo`jaligi, xususan uzum hosiliga jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatovning ma`lui qildi.
Unga ko`ra, joriy yil janubiy yarim shar Avstraliya, Jar, Chili, Braziliya, Argentina kabi mamlakatlarda haddan tashqari yuqori issiqlik va qurg`oqchilik omili uzum plantasiyalarida hosilni keskin kamaytirib yuborgan.
"Evropaning Italiya va Ispaniyasi ham joriy yil g`ayritabiiy qurg`oqchilik va issiq haroratda uzum hosilini yo`qotdi. Natijada dunyo bozorida 1961 yildan buyon birinchi marta sharob (vino) ishlab chiqarishning minimal qiymati kuzatilishi oydinlashdi",–deyiladi xabarda.
Fransiya va Yangi Zelandiya joriy yil sharob ishlab chiqarishda o`z statusini saqlab qolishi va dunyoda vino eksportida asosiy "o`yinchi" bo`lish ehtimoli oshmoqda. Fransiya bunga iqlim bilan hisoblashish, ilmiy-innovasion yutuqlarni amaliyotga keng joriy qilish orqali erishishi kutilayotgan bo`lsa, Yangi Zelanliyada darhaqiqat iqlim uzum vegetasiyasi uchun komfort bo`ldi.
Xitoyda kuchli issiqlik foni uzum hosiliga ta`siri to`g`risidagi statistika hozircha ochiq emas.






