AsosiyJamiyat

Xorazmda qadimiy bilakuzuklarni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi

'Xorazmda qadimiy bilakuzuklarni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi'ning rasmi

Qayd etilishicha, “Shovot” chegara bojxona postida “yashil” yo`lak orqali harakatlangan yo`lovchi 520 grammdan ziyod og`irlikdagi qadimiy bilaguzuklarni qo`l yuki orasida olib chiqishga uringan. “Shovot” chegara bojxona postida xodimlar yo`lovchini to`xtatib qolgan. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

San`atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko`ra, nikel, mis, qalay va kumush aralashmasidan qo`ldan ishlangan ushbu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub bo`lib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Shovot tuman sudining qaroriga asosan qadimiy ashyolar davlat egaligiga o`tkazilgan va Xiva Ichanqal`a davlat muzey qo`riqxonasiga topshirilgan.

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi qonun hamda “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi nizom talablariga muvofiq 50 yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar