1

O`zbek sambochi qizlari ilk bor jahon chempionatida oltin medallar qo`lga kiritishdi

Sport 11.11.2023, 19:00
O`zbek sambochi qizlari ilk bor jahon chempionatida oltin medallar qo`lga kiritishdi

Armaniston poytaxti Erevan shahrida sambo bo`yicha kattalar o`rtasida jahon chempionati boshlandi.

Musobaqaning birinchi kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

-50 kg vazn toifasida Gulsevar O`roqova, -59 kg vazn toifasida esa Ibodatxon Agojogonova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratib, oltin medalni qo`lga kiritishdi.

Jangovar samboda esa -79 kg vaznli Furqat Ro`ziev kumush medalga ega chiqdi.

Qayd etish lozimki, hali O`zbekiston sambochi qizlari kattalar o`rtasidagi jahon chempionatida oltin medal qo`lga kiritishmagandi. Gulsevar va Ibodatxonning oltin medallari o`zbek sambosi tarixida yangi sahifa ochishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1