"O`zgidromet" xabariga ko`ra bugun - 12 noyabr kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi.
G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Toshkent viloyatida kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.






