Sog`liqni saqlash vaziri A. Inoyatov bugun tunda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar stansiyasida bo`ldi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab vazir Call-markaz ish-faoliyati bilan tanishar ekan, yurtdoshlarimizdan “103” xizmatiga kelib tushgan navbatdagi chaqiriqni qabul qildi. Murojaat egasining shikoyatlarini tinglagach, eng yaqin bo`lgan tez tibbiy yordam brigadasini darhol ushbu manzilga yubordi.
Ma`lumot o`rnida, joriy yilning o`tgan 10 oy davomida “103” raqamiga yurtdoshlarimizdan jami 10 million 900 mingga yaqin chaqiruv kelib tushdi. Shundan 1 million 19 ming 841 nafar bemor shifoxonaga gospitalizasiya qilindi.






