AsosiyDunyo

Arab davlatlari Isroilga qurol etkazib berishni to`xtatishni talab qiladi

'Arab davlatlari Isroilga qurol etkazib berishni to`xtatishni talab qiladi'ning rasmi

Ar-Riyoddagi sammitlardan so`ng Arab davlatlari ligasi (LAS) va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlari Isroilga qurol etkazib berishni to`xtatishni talab qiladi.

Sammitning yakuniy bayonoti loyihasida mamlakatlar vakillari “Isroilning G`azo sektoriga bo`lgan tajovuzini” qoraladi. Rezolyusiya boshqa davlatlarni Isroil hukumatiga qurol-yarog` va o`q-dorilar eksportini to`xtatishga chaqiradi, shuningdek, Isroil tomonidan G`azo sektoriga o`rnatgan blokadani buzish va mintaqa aholisining gumanitar yordam, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlariga zudlik bilan kirishini ta`minlashni talab qiladi.

11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Arab davlatlari rahbarlari ishtirokida ikkita navbatdan tashqari sammit bo`lib o`tdi. Ularda ishtirok etish uchun Ar-Riyodga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on, Suriya prezidenti Bashar Asad, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Iordaniya qiroli Abdulloh 2 va boshqalar etib keldi.Uchrashuvda Isroil va Falastin o`rtasidagi urush bo`yicha umumiy pozisiyani ishlab chiqish ko`zda tutilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar