13-17 noyabr kunlari 196 mamlakat va Evroittifoq vakillari Samarqandda to`planib, erlarni tiklash masalalarini muhokama qilishadi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar bermoqda.
Sog`lom er bizni taom, boshpana va kiyim-kechak bilan ta`minlaydi. Shunday bo`lsada, butun dunyo erining 40 foizga yaqini degradasiyaga uchragan. Bu esa bizning iqlimimiz, biologik xilma-xilligimiz va farovonligimiz uchun katta tahdid. Muhokamasiz erning sifati yaxshilanishiga erishib bo`lmaydi, deyiladi yig`ilishga bag`ishlab ishlangan video rolikda.
Tadbir tashkilotchisi: UNCCD (United Nations Convention to Combat Desertification).
O`zbekiston hukumati tomonidan qabul qiluvchi: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi.






