1

Bugun Toshkentda WBC tashkilotining 61-Konvensiyasi o`z ishini boshlaydi

Sport 13.11.2023, 08:34
Bugun Toshkentda WBC tashkilotining 61-Konvensiyasi o`z ishini boshlaydi

Bugun Toshkentda WBC tashkilotining 61-Konvensiyasi o`z ishini boshlaydi. Bu haqda O`zbekiston professional boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, O`zbekistonda WBC tashkil etilganligining 60 yilligi ham nishonlanadi. Shu kungacha Konvensiya Meksikadan tashqari AQSh, Evropa mamlakatlarida tashkil etilgan. MDH mamlakatlari orasida Boku (Ozarbayjon) va Moskva (Rossiya) shaharlari ham ushbu tadbirga mezbonlik qilgan. Osiyo davlatlari orasida Tailand, Yaponiya ham WBC konvensiyasini qabul qilgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida O`zbekiston birinchi bo`lib bunday tadbirda mezbonlik qilmoqda.  

WBC 61-konvensiyasi kun tartibidan ta`lim, doping, hakamlik, xalqaro munosabatlar, boks qoidalari, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslari kabi bir nechta masalalar bo`yicha yig`ishlar o`tkazilishi o`rin olgan. Bugun soat 10:00da poytaxtmizdagi "Hilton" mehmonxonasida Konvensiya o`z ishini boshlaydi. Tadbir yakunlanishi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani ham o`tkaziladi.  

Ma`lumot uchun, 17 noyabr kuni muhtasham "Humo Arena"da katta professional boks kechasi bo`lib o`tadi. Ushbu turnir O`zbekistonning LIFT promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti. Oqshomning markaziy jangi superog`ir vaznda o`tkazilib, unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko`tariladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1