AsosiyDunyo

Erdog`anning rafiqasi Emine Erdog`an Istanbulda Birinchi xonimlar bilan "Falastin uchun yagona yurak" sammitiga mezbonlik qiladi

'Erdog`anning rafiqasi Emine Erdog`an Istanbulda Birinchi xonimlar bilan "Falastin uchun yagona yurak" sammitiga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Prezident Rajab Toyyib Erdog`anning rafiqasi Emine Erdog`an bugun Istanbulda bo`lib o`tadigan "Falastin uchun yagona yurak" sammitida Birinchi xonimlar bilan uchrashadi.

Yig`ilishda dunyoning ko`plab mamlakatlari, jumladan, Qatar, Malayziya, O`zbekiston davlat va hukumat rahbarlarining turmush o`rtoqlari va maxsus vakillari begunoh G`azo xalqining murojaatini butun dunyoga eshittiradi.

Emine Erdog`anning sammitdagi ochilish nutqidan so`ng, ishtirok etayotgan barcha Birinchi xonimlar nutq so`zlashi kutilmoqda.

Isroilning G`azo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida 11 mingdan ortiq kishining, jumladan, bolalar va ayollarning halok bo`lishi Emine Erdo`g`an boshchiligidagi Birinchi xonimlarni harakatga keltirdi. 

Ma`lumot uchun, birinchi xonim Emine Erdog`an turmush o`rtog`i Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an bosh vazir bo`lgan paytda 2009 yil 10 yanvar kuni Istanbulda "Falastinda tinchlik uchun ayollar yig`ilishi"ga rahbarlik qilgan.

Mintaqa davlatlaridan ko`plab liderlarning rafiqalari ishtirok etgan yig`ilish, Isroilning G`azoga hujumlari kuchaygan va ikki hafta ichida taxminan 800 kishi hayotdan ko`z yumgan bir paytda o`tkazilgan. Yig`ilishda birinchi xonim Emine Erdog`an minbardan “Istanbul G`azoni qo`llab-quvvatlash chaqirig`i” matnini o`qib bergan va matn Birinchi xonimlar tomonidan bir ovozdan qabul qilingandi.

    Boshqa yangiliklar