1

Futbol olamidagi eng ijodkor o`yinchilar reytingi tuzildi (ro`yxat)

Sport 15.11.2023, 19:00
Futbol olamidagi eng ijodkor o`yinchilar reytingi tuzildi (ro`yxat)

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES Football Observatory) eng ijodkor (kreativ) o`yinchilar reytingini tuzib chiqdi. Bunda futbolchining golli uzatmalari va xavfli hujumning yaratilishiga sabab bo`ladigan paslari inobatga olindi.

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele eng yuqori pog`onaga joylashtirildi. "Bavariya" yarim himoyachisi Leroy Sane esa ikkinchi o`rinni egalladi. Niko Uilyams ("Atletik") va Kilian Mbappe ("PSJ") kuchli to`rtlikdan o`rin olishdi.

CIES Football Observatory talqiniga ko`ra eng kreativ futbolchilar:

1. Usmon Dembele ("PSJ")
2. Leroy Sane ("Bavariya")
3. Niko Uilyams ("Atletik")
4. Kilian Mbappe ("PSJ")
5. Mussa Diabi ("Aston Villa")
6. Muhammad Saloh ("Liverpul")
7. Frank Onora ("Borussiya M")
8. Maksimiliano Nunes ("Nasional Potosi')
9. Inyaki Uilyams ("Atletik")
10. Magnus Eykrem ("Molde").

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1