AsosiyDunyo

Evropa ishchi kuchisiz qolishi mumkin

'Evropa ishchi kuchisiz qolishi mumkin'ning rasmi

Bryussel qonuniy migrantlarga ish topib beruvchi internet platforma yaratmoqchi. Bu Evroittifoq mehnat bozorini to`ldirishga ham xizmat qiladi. Ayni paytda Evropa aholining tez qarishidan aziyat chekmoqda, deya xabar bermoqda Zamon.uz. 

Bundan tashqari, yangi tizim kontrabandachilarga pul to`lab, hayotini xavfga qo`yib keluvchi noqonuniy migrantlar o`rnini qonuniylari egallashiga ham sabab bo`lishi kutilmoqda.

Ilva Yuxansson, ichki ishlar bo`yicha evrokomissar:

- Bugun Evroittifoqda uchinchi davlatlardan kelgan qariyb 10 mln aholi ish bilan taxminlangan. Bu ishchi kuchisiz bizning hayotimiz to`xtab qolgan bo`lar edi. Ular iqtisodiyotimiz va xizmat ko`rsatish sohasi uchun kerakli kadrlardir. Demografiyaga qaraydigan bo`lsak, 2030 yilgacha bizga yana 7 mln ishchi kerak bo`ladi. Hozirgi demografik tendensiya shunaqa.

Yangi onlayn-platforma yordamida qonuniy migrantlar o`z mutaxassisligi bo`yicha ish topishi yoki malakasini oshirishi mumkin.

Margaritis Sxinas, Evrokomissiya vise-raisi:

- Biz EI ichida ham foydalanilmagan ishchi potensiali borligini unutmasligimiz kerak. Ammo bu ham etarli emas. Evropa iqtidor egalari uchun global poygaga kirishgsn. Biz inson omili uchun kuchli raqobatchilar bilan kurashmoqdamiz. Bular AQSh, Kanada, Yangi Zellandiya va Avstraliyadir. Ularga ishchi bo`lib borish uchun to`g`ridan-to`g`ri yo`llar allaqachon mavjud.

Bryussel EI a`zolarini chet ellik qo`llar va miyalardan samarali foydalanish, chet eltdiplomlarini tan olish, ishga kirishdagi byurokratik jarayonlarni qisqartirish, irqchilik va boshqa har qanday diskriminasiyaga yo`l qo`ymaslikka chaqirmoqda.

"Evropa kirib bo`lmas qal`a bo`lmasligi kerak. Biz soddalashtirilgan biznesga ochiq bo`lishimiz lozim", - deydi Sxinas.

"EI iqtidorlari puli" nomli loyiha ish izlayogan migrantlarni birlashtiruvchi platforma bo`lishi aytilmoqda. Bu siyosatga qo`shilish a`zo davlatlar ixtiyorida qoladi. Ammo Bryussel professional ta`limni va malaka oshirishni moliyalashtirish kabi choralar poytaxtlarni dasturda qatnashishga chorlashidan umid qilmoqda.

Platforma EI davlatlaridagi bo`sh ish o`rinlarini bir erga jamlagan EURES maydoni asosida tuziladi.

Evrokomissiya ogohlantirishicha, "bebi-bumerlar" nafaqaga chiqishi va mehnatga layoqatli aholining kamayishi ishchi kuchi etishmovchiligiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotga katta zarba bo`ladi. EIning ijro organlari hozirdanoq vahimaga tushgan.

    Boshqa yangiliklar