O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli suxandon O`tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod o`z Telegram sahifasida ma`lum qildi.
O`tkir Siddiqov faoliyati davomida 250 dan martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilib, 8 mingga yaqin tadbirlada ishtirok etgan.
Oxirgi yillarda O`tkir Siddiqov qiziqchi Avaz Oxunning konsertlarida boshlovchilik qilib, ommaga ko`rinish berayotgandi.
O`tkir Siddiqov 1945 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik san`ati institutining drama va kino aktyorligi yo`nalishini tamomlagan. U 1968 yildan “Shodlik” ashula va raqs ansamblida ishlay boshlagan. U 1996 yilda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni, 2017 yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.






