Andijon shahridagi 3-kichik dahada xususiy MChJ tomonidan boshlangan uy-joy qurilishi, aholi noroziligiga sabab bo`layotgani kuzatildi.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu qurilish jarayonida ichimlik suvi ta`minotining asosiy quvurlaridan biriga zarar etkazilib, yuzlab aholi xonadonlari suv ta`minotidan uzilib qoldi.
Shundan so`ng, viloyat rahbari ko`rsatmasiga asosan, nosozlikni bartaraf etish uchun keng tartibdagi ish jarayoni tashkil etildi va qurilish jarayoni yaqindan o`rganildi.
Unda bir nechta holatlar bo`yicha xatoliklar aniqlanib, jumladan, tegishli qarorga to`liq rioya etilmagani, maydon uy-joy qurish uchun ajratilmagani, kadastr ro`yxatidan o`tkazishda kamchiliklarga yo`l qo`yilgani, eng asosiysi, mahalliy aholiga ushbu qurilish noqulaylik tug`dirayotgani sababli, qurilish jarayoni to`xtatildi.
Viloyat hokimi o`rinbosari qurilishga ruxsat berish jarayonida xatolikka yo`l qo`yganini aholiga uzr so`ragan holda ma`lum qilib, buni tuzatish choralari darhol ko`rilishi boshlandi.
"Bizni xatoyimiz, raisga ishonib, hujjatlarni berganmizda, sizlardan so`ramaganimizda. Bizga aholi rozi deb aytganiga ishonibmiz. Sizlardan ming bor uzr so`rayman, xatoyimizni tuzutamiz", - dedi viloyat hokimi o`rinbosari aholi bilan suhbatda.






