Sal avval Toshkentdagi universitetda dars beradigan, yosh bolasi bilan yolg`iz yashovchi ayol "Tez yordam shifokori zo`ravonligiga uchragani xabar qilingan edi. Ma`lum bo`lishicha ayolga uyatsiz qiliqlar qilgan xizmatdagi xodim aniqlangan va unga nisabat xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bu haqda ayolning murojaatini ijtimoiy tarmoq orqali ma`lum qilgan bloger Shahnoza Soatova xabar qilmoqda.
"Respublika Tez tibbiy yordam markazi matbuot kotibi Iroda Abdug`afforovnaning menga ma`lum qilishicha, chaqiriqqa borgan tez tibbiy yordam feldsheri O.Mning ish faoliyati bo`yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi", - deya xabar qoldirgan bloger.